Fiziologiya


Hazm jarayonini o‘rganish usullari



Download 1,6 Mb.
bet4/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

1.2. Hazm jarayonini o‘rganish usullari
Hazm jarayonlarini o‘rganish usullari - eksperimental va klinik turlarga bo‘linadi. Eksperimental usullarda ma'lum bir fiziologik jarayonni me'yorda yoki turli omillar ta'sirida odam va hayvonlar modelida o‘rganish maqsad qilib qo‘yiladi. Buning uchun o‘tkir yoki surunkali tajribalar o‘tkaziladi. O‘tkir tajribalar narkoz ostida yoki jonsizlantirilgan hayvonlarda o‘tkaziladi. Bunday tajriba butun organizmda yoki ajratib olingan a'zo, to‘qima yoki hujayralarda o‘tkazilishi mumkin. Masalan, membrana hazm jarayonini o‘rganish ichakning ajratilgan (izolyatsiyalangan) bo‘laklarda olib boriladi. Transport mexanizmlari ko‘pincha ajratilgan ichakda ko‘riladi. O‘tkir tajribalar yordamida turli a'zolarning shilliq qavatidagi fermentativ faollikni ham tekshirish mumkin.
Surunkali tajribalar uchun hayvon jarrohlik yo‘li bilan tayyorlanadi. Masalan, ayrim hazm a'zolari, ularning yo‘llari, qon tomirlarga fistula va kateterlar o‘rnatiladi, hazm bezlarining yo‘llari tashqariga chiqarib qo‘yiladi, ichakning va boshqa hazm a'zolarining ma'lum bir qismi olib tashlanadi va h.k. hayvonlar sog‘aygandan so‘ng ularda eksperimental kuzatuvlar o‘tkaziladi. Surunkali tajribalarni o’tkazish tarixiy asosi V.A.Basov (1842) tomonidan itlar me’dasiga fistula qo‘yib, me’da sek-retsiyasini o‘rganishi bilan boshlangan.
Keynchalik ko’p olimlar hazm jarayonlarni o’rganish uchun surunqali usullardan foydalangan. Masalan buyuk nemis olimi R. Gaydengayn itlarni me’da-sidan kichik me’da ajratish usulini yaratgan. Leikin kichik me’dachani ajratish vaqtida me’da asab tolalari kesilganligi tufayli ining asab tizimi ta’sirida ishlashini aniqlash mumkin bolmadi va kichik me’dachadan olingan shiraning tarkibi tabiiy shira tarkibidan farq qilgan edi. Keyinchakik hazm fiziologiyasining asoschisi I.P. Pavlov acablarni va qon tomirlarni saqlagan holda kichik me’dachani ajratib, unda fistula o’natdi. Natijada kichik medachadan tabiiy shirani olish imkoniyati tug’ildi.
I.P. Pavlov laboratoriyasida me'dasiga fistula qo‘yilgan itlarda ezofagoto-miya «yolqon ovqatlantirish» tajribalari ham surunkali holda o‘tkazilgan. Bunda hayvonning qizilo‘ngach kesilib, uning kesilgan uchlari tashqariga chiqarib qo‘yil-gan va shu yo‘l bilan ovqatning me'daga tushmasligi ta'minlangan. Shu yo‘l bilan me'da shirasini ajralishiga olib keluvchi og‘iz apparatidagi shartsiz va shartli reflektor mexanizmlarining mavjudligi tufayli, me'da shirasining ajralishi o‘rganil-gan. “Ekzofagotomik” hayvonlarda me'da shirasini “toza” ovqat luqmalari aralash-magan holda yig‘ish mumkin bo‘ldi. Bu tajribalar asosida toza ichak shirasini kichik me'dachadan olish uchun imkoniyat aratildi. Ichakning sekretor faoliyatini jarrohlik yo‘li bilan ichakning bir qismini ajratib olib, kesiladi va uning kesilgan bir uchiga (Tiri usuli) yoki kesilgan har ikkala uchiga (Tiri-Vella usuli) fistula o‘rnatiladi. So‘lak, me'da osti bezlari hamda o‘t yo‘llarini tana satxiga chiqarib, teriga tikib qo‘yish holatlari amaliyotda keng qo‘llaniladi.
So’rilish jarayonlarini konni olib tekshirish orqali urganadilar. Buning uchun tomir devoriga nay kiritilib ,uning ikkinchi uchi tashkariga chiqariladi. Nay orqali tomirga igna kiritib, surunkali tajriba vaqt ida kon olinadi(E.S.Londonning angio-stomik uslubi). Polimer kateterlar va antikogaulyantlar ishlatib, bu uslubdan uzoq vaqt foydalanish mumkin. Shu usul bilan limfani ham olish mumkin. Rentgen va rentgenkinematografiya usulidan ham keng foydalanadilar (Degtyareva V.P., Budilinoy S.M. 2006).
Odam OHQ tizimi faoliyatini urganish maxsus,bir muncha boshqacharoq usullar orqali amalga oshiriladi. Chaynash jarayonini pastki jag harakatlarini yozib olish (mastikastiografiya ) va chaynov mushaklarining elektromiografiyasi bilan tekshiradilar. Leshli-Krasnogorskiy kapsulasi yordamida quloq oldi, jag osti va til osti so’lak bezlarining xar biridan alohida so’lak yigib olish mumkin. Chaynov apparati funkstional holatiga doir ob’ektiv tasavvurlarni chaynash jarayonida ovqat maydalanishining darajasi, pastki jag harakatlari xarakteri, chaynov mushaklari tonusi, elektr faolligi va kuchi haqidagi ma’lumotlar asosida yaratish mumkin.
Bu maqsadda I.S.Rubinov tomonidan quyidagi tekshirish usullari taklif etilgan: mastikastiografiya (chaynash vaqt idagi pastki jag harakatlarini yozib olish), chaynash fiziologik sinamalari (chaynash jarayonida ovqatning maydalanishi darajasi bo’yicha chaynashning samaradorligini aniqlash), mastikastiodinamomet-riya yoki gnatodinamometriya (turli kattalikdagi ovqat maxsulotlarini chaynaganda mushaklar sarflaydigan kuchni aniqlash); miografiya, miotonometriya (chaynov mushaklari tonusini aniqlash); elektromiomastikastiografiya(chaynash vaqtida mushaklardagi elektr hodisalarni qayd qilish).
Chaynash vaqt ida yozib olingan mastikastiogramma birin-ketin joylashgan va shartli ravishda chaynov to’lqinlari deb nomlangan to’lqinsimon egri chiziq-lardan iboratdir. Chaynov to’lqinida yuqoriga ko’tarilgan va pastga tushgan tizzalar ajratiladi. Yuqoriga ko’tarilgan tizza pastki jag’ning yuqoriga ko’tarilishi-ni, pastga tushuvchi tizza uning pastga tushishini ifodalaydi. Mastikkastiogrammani taxlil qilganda chaynash davriga alohida e’tibor qilinadi.Bu davr ovqatning alohida bo’lagi og’izga kiritilgandan to yutilganga qadar uni chaynash bilan bog’liq pastki jag’ harakatlari majmuasini o’z ichiga oladi.
Chaynash davrida 5 faza ajratiladi: birinchi faza tinchlik holati - pastki jag’ harakatsiz,chaynov mushaklari minimal tonusda, tishlarning pastki qatori bilan yuqorigi qator orasida 2-8 mm masofa bo’ladi; ikkinchi faza ovqatning og’izga kiritilishi-grafikda bu fazaga tinchlik chizig’idan boshlanadigan birinchi yuqoriga ko’tariluvchi tizza mos keladi; uchinchi faza boshlang’ich funkstiya (adaptastiya) - yuqoriga ko’tariluvchi tizza cho’qqisidan boshlanadi va moslashuv jarayoni bilan ovqatning boshlang’ich maydalanishiga mosdir; to’rtinchi faza chaynashning asosiy fazasi-to’g’ri tartibda o’zaro navbatlashgan chaynov to’lqinlaridan iborat; beshinchi faza ovqat luqmasining shakllanishi-to’lqinlar amplitudasi asta-sekin kichraygan to’lqinsimon egri chiziqdan iborat.
Chaynov to’lqinining davomiyligi 0,5s dan 3 s gacha. Funkstional mohiyati bo’yicha samarali va yordamchi chaynov harakatlari ajratiladi. Samarali harakatlar chaynov to’lqinining pastga tushuvchi tizzasiga mos, yordamchi harakatlar yuqoriga ko’tariluvchi tizzaga mos. Mastikastiogramma xarakteri asosan ovqatning mexanik xossalari, ya’ni konsistenstiyasi va hajmiga bog’liq. Yumshoq nonni chaynaganda boshlang’ich funkstiya fazasi qisqa muddatli bo’ladi, chaynov to’lqinlari amplitudasi kichik, ritmi siyrak. Chaynashning asosiy fazasida to’lqinlar-ning tez-tez va bir tekis ko’tarilishi va pastga tushishi kuzatiladi, ovqat luqmasi birdaniga shakllanadi. Qotgan non chaynaganda boshlang’ich funkstiya fazasi chaynov to’lqinlarining amplitudasi baland, ritmi tez bo’ladi. Asosiy fazaning boshlanishida chaynov to’lqinlari zinasimon shaklga ega va uzoq davom etadi, keyinchalik ular tez-tez takrorlanadi.Ovqat luqmasi birdaniga emas, bir necha harakatdan keyin shakllanadi. Mastikastiogramma xarakteri tishlar qatorining butunligi buzilganda, tishlar va parodont kasallanganda, og’iz va til shilliq pardasi patologiyasida v.x. o’zgaradi(Pokrovskiy V.M., Korotko G.F.2001).
Radioelektronika rivojlanishi bilan radiotelemetriya uslubi tadbiq etildi. Bunda odam juda kichkina - miniatyur radioperedatchik-radiopilyulyani yutadi. Pilyulya elektromagnit to’lqinlari generatori, akkumulyator yoki quruq element va datchikdan iborat. OHQ yo’llaridagi ko’rsatkichlar ta’siri ostida radiopilyulya tebranish chastotalari o’zgaradi. O’zgarishlar antenna va qayd qiluvchi moslamali radiopriemnik tomonidan qabul qilinadi. Bu usul orqali me’da va ichaklar sekretor va harakat funkstiyalari, ovqat moddalari gidrolizi v.b. to’g’risida ma’lumot olinadi.
Elektrogastromiografiya usuli bilan qorin terisi va oyoqlardan potenstiallarni yozib olib, me’da harakat funkstiyasi tekshiriladi. Hozirgi vaqtda ingichka ichak va o’t pufagi faoliyatini qayd qilish xam mumkin Bundan tashqari, hazm a'zolari motor faoliyatini o‘rganishda oziq moddalarning me'da-ichakda evakuatsiya qilinish tezligi ham o‘lchanadi. Endoskopiya usullari me’da va ichak boshlang’ich qismi shilliq pardasini ko’rish, rasmini olish, chiqaruv yo’llari teshiklarini tekshirish va biopsiya uchun shilliq parda bo’lakchasini olish imkonini beradi. Oqsil va yog’ gidrolizini va so’rilishini belgilangan (izotoplar bilan) oqsillar-kazein, albumin, yog’ yordamida tekshiriladi.
Sekretor faoliyatni o‘rganish uchun hayvonlarning turli a'zolariga (me'da, ichak, me'da osti bezi yo‘li, o‘t yo‘li) qo‘yilgan fistulalar orqali shira yig‘iladi va shiradagi fermentativ va boshqa fizik-kimyoviy ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Sekretor faoliyati haqida turli a'zolarni gistologik, sitologik va biokimyoviy tekshirish ham muhim ma'lumotlar beradi. Odamlarda me'da, me'da osti bezi, ingichka ichaklar shira ajratish faoliyatini zondli va zondsiz usullar bilan o‘rganish mumkin.Zondli usulda shira miqdori, uning tarkibidagi elektrolitlar, fermentlar faolligi va pH kattaligi aniqlanadi. Odatda shira olishdan oldin sekretsiya stimulatorlari hazm yo‘liga yoki qonga yuboriladi. Stimulytorlarning ta'sir mexanizmini bilgan holda shira ajralishining o‘zgarishi sababini aniqlash mumkin.
Zondsiz usulda iste'mol qilingan moddani gidroliz darajasi yoki ta'sirini aniqlash uchun qon va siydikdagi ba'zi indikator ko‘rsatkichlar aniqlanadi. Masalan, me'dada kislota me'yorda ajralayotganida indikator moddalar miqdori qon va siydikda o‘zgarmaydi, aks holda me'da kislotaligining o‘zgarishiga qarab indikator moddalar miqdori qon va siydikda ko‘payishi yoki kamayishi mumkin. Shuningdek zondsiz usulda hazm bezlarining funksional holatini, qon va siydikdagi gidrolitik fermentlar va ularning gidroliz mahsulotlari miqdorini aniqlash orqali ham o‘rganish mumkin. Masalan, uglevodlarning gidrolizlanish va so‘rilish jarayonlari ularning qondagi miqdoriga qarab baholanadi. Saxaroza yoki boshqa modda iste'mol qilin-gandan keyin glyukozaning qondagi miqdori 1- 4 soat o‘tganda aniqlanib, ushbu substratlarning gidrolizlanish va so‘rilish shiddatliligiga baho beriladi. Qondagi gidrolizga uchramagan oziq moddalar miqdorini aniqlab ham, hazm bezlarining shira ajratish holati haqida xulosa chiqariladi.
Hazm traktning motor yoki harakat faoliyati ham zond va zondsiz usullar yordamida aniqlanadi. Zondli usullarda rezina balonlar ishlatiladi. Bunda fiziologik eritma bilan to‘lgan balonchalar zond yordamida ko‘pincha me'da yoki o‘n ikki barmoqli ichakka tushiriladi va ularning harakatlari maxsus uzatgichlar yordamida kimograf yoki ostsillografda yoziladi. Yuqoridagi usulda me'da harakatlarinining ritmi va amplitudasini qayd etish balonografik usul deb ataladi.
Hozirgi kunda ko‘p kanalli zondlarning ishlatilishi me'da-ichak yo‘lining turli bo‘limlaridagi harakatlarni yozib olish uchun imkoniyat yaratadi. Bu zondlar yor-damida bir vaqtning o‘zida me'da va ichak bo‘shlig‘ida bosim, pH, biopotentsiallar yozib olinadi, shu bilan birga, hazm kanali ichidagi ximusni biokimyoviy tahlillarini olish imkoniyati yaratiladi. Qizilo‘ngach, me'da, ichak, o‘t pufagi va o‘t yo‘llari harakatini rentgenokontrast moddalardan foydalanib, rentgenografik asbob-uskunalar o‘rganish amaliyotda keng qo‘llaniladi. Yutish akti ham rentgen yoki rentgenokinematografik usullar yordamida aniqlanadi.


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish