Fiziologiya


Hazm tizimining funksiyalari



Download 1,6 Mb.
bet6/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

1.4. Hazm tizimining funksiyalari
Hazm tizimining hazm jarayoni bilan bog‘liq va hazm jarayoni bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalari farqlanadi. Hazm bilan bog‘liq bo‘lgan funksiyalarga sekretor, motor va so‘rilish jarayonlari kiradi; hazm bilan bog‘liq bo‘lmagan funk-siyalari ekskretor, endokrin, inkretor, immun, suv-tuz almashinuv jarayonlarda ishtiroki singari funksiyalarini qamrab oladi.
Sekretor funksiyasi hujayra ichidagi va hujayra tashqaridagi jarayonlarini o‘z ichiga oladi. Hujayra ichiga tushgan moddalardan shira hosil bo‘ladi va u bez hujayralaridan ajralib chiqadi. Shira bez hujayralarniig chiqaruv yo‘llari orqali hazm bo‘shlig‘iga quyiladi. Hazm bezlari shirasi tarkibidagi gidrolitik fermentlar ta'sirida oziq moddalar gidrolizga uchraydi, elektrolitlar gidrolitik jarayon uchun optimal pH ni yaratib beradi, shilimshiq va bakteriotsid moddalar, hamda immune-globulinlar himoya vazifasini o‘taydi. Hazm bezlaridan shira ajralishi asab, gumoral va parakrin mexanizmlar yordamida boshqarilib turiladi.Efferent asab tolalari, ularning mediatorlari, gormon-lar va fiziologik faol moddalar glandulositlar retseptorlariga va hujayra ichi jarayoniga ko‘rsatgan ta'siriga qarab shira hosil bo‘lish va ajralish tezligi oshishi yoki kamayishi mumkin. Bezlarning shira ajratish faoliyati ularning qon bilan ta'minlanish darajasiga ham bog‘liq. Ajraladigan shira miqdori ayni vaqtdagi faol bez hujayralarining miqdoriga bog‘liq.
Bezlar har xil tarkibdagi shira ajratuvchi glandulositlardan tashkil topgan bo‘lib, o‘ziga xos boshqaruv tizimiga ega. Bezdan ajralayotgan shira miqdori va tarkibi iste'mol qilinayotgan ovqat tarkibiga moslashgan bo‘ladi. Parasimpatik xolinergik neyronlar hazm bezlaridan shira ajralishini tezlashtiradi. Simpatik ney-ronlar esa hujayra membranasidagi adrenoretseptorlar turiga bog‘liq holda shira ajralishini tormozlaydi yoki trofik ta'sir ko‘rsatadi. Hazm shiralarini ajralishiga gastrointestinal peptidlar ham ta'sir ko‘rsatadi.
Motor funksiyasi. Hazm jarayonining hamma bosqichlarida motor yoki harakat faoliyati kuzatiladi. Hazm yo‘lida ixtiyoriy va ixtiyorsiz, makro- va mikro-motor faoliyatlar qayd etiladi. Motor faoliyati hazm yo‘lining har xil sohasida mushak-larning qisqarishi natijasida ro‘y beradi. Oziq moddani qabul qilish, chaynash, yutish, me'dada oziq moddalarning ushlab turilishi, uning me'dadan ichakka o‘tkazilishi, o‘t pufagining qisqarishi va bo‘shashishi, ximusning ichak bo‘ylab harakati, uning ingichka ichakdan yo‘g‘on ichakka o‘tishi, sfinkterlarning qisqarishi va bo‘shashishi, yo‘g‘on ichak harakati, najas massalarining shakllanishi, defekatsiya akti va boshqalar hazm tizimining motor faoliyati natijasida ro‘y beradi.
Hazm bezlarining chiqaruv yo‘li tarangligi va peristaltik harakati hazm shiralarining ajralishini ta'minlaydi. Hazm yo‘llari motor faoliyatining boshqa-rilishida miogen mexanizmlari, periferik va markaziy asab tizimlarining ahamiyati kattadir. Parasimpatik ta'sir natijasida hazm yo‘lining motor faoliyati kuchayadi, lekin adashgan asab tolalari tarkibida motorikani kuchaytiruvchi va tormozlovchi tolalar mavjud. Simpatik ta'sir asosan motor faoliyatini susaytiradi. Asab, gormonal va paragormonal ta'sirlar odatda bir yoki bir necha a'zolarga yoki tizimlararo ta'sir ko‘rsatadi. Masalan, o‘t ajralishi o‘t pufagining qisqarishi va Oddi sfinkterining bo‘shashi, me'dadan ovqatni o‘n ikki barmoq ichakka evakuatsiya qilinishi me'da antral qismining qisqarishi va pilorik sohaning bo‘shashi natijasida amalga oshiriladi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish