Fiziologiya


Hazm yo‘lining hazm bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalari



Download 1,6 Mb.
bet8/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

Hazm yo‘lining hazm bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalari.
Hazm yo‘lining hazm bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalariga ekskretor, endokrin, fermentlarning inkretsiyasi, immun funksiya va suv-tuz almashinishuvida ishtirok etishlari kiradi. Ekskretsiya funksiyasi. Hazm bezlari va ichak organizmdan juda ko‘p keraksiz bo‘lgan moddalarni qondan tashqariga chiqaradi. Shu yo‘l bilan ular organizmning gomeostazini saqlashda ishtirok etadi. Ekskretsiya bo‘luvchi modda-larning tabiati ekzogen va endogen bo‘lishi mumkin. Hazm yo‘li orqali og‘ir metall tuzlari, dorivor moddalar, ba'zi metabolitlar organizmdan chiqariladi. Moddalar va energiya almashinuvi natijasida hosil bo‘lgan moddalar (mochevina, ammiak, o‘t pigmentlari), hamda organizmga tashqaridan tushgan turli ksenobiotiklar, dorivor moddalarni hazm bezlari tomonidan me'da - ichak yo‘liga va u yerdan tashqi muhitga chiqarib yuboriladi.
Endokrin yoki ichki sekretsiya funksiyasi. Hazm a'zolarning endokrin faoliyati deganda hazm tizimida me'da-ichak yo‘llari faoliyatini boshqarishda ishtirok etuvchi bir qator gormonlarni ichki muhitga ishlab chiqarilishi tushuniladi. Bularga gormonlardan gastrin, sekretin, xolitsistokinin-pankreozimin (XSK-PK), motilin va boshqalar kiradi. Hazm yo‘lidagi regulator peptidlar faqat sekretsiya, motor, so‘rilish, boshqa regulator peptidlarning ajralishi, hazm a'zolarining proli-feratsiyasiga emas, balki organizmning boshqa funksiyalariga ham ta'sir qiladi. Bu- lar xulq-atvorning o‘zgarishida, moddalar va energiya almashinuvida, yurak-tomir va nafas tizimlarining ritmi va boshqa funksiyalarning o‘zgarishida namoyon bo‘ladi. Masalan, gastrin, gistamin, insulin, kalsitonin yog‘ to‘qimalarda lipolizni; va buyraklar tomonidan kaliy, natriy ajralishini kuchaytiradi. Somatostatin gastrointestinal gormonlarning ajralishi bilan birga glikogenolizni susaytiradi, ovqatlanish xulq-atvorini o‘zgartiradi. Vazointestinal peptidning kichik dozalari gipertermiyani keltirib chiqaradi. XSK-PK insulin uchun rilizing omil sifatida ta'sir qiladi, ishtahani bo‘g‘adi. Gastrointestinal peptid (GP) insulin va glukagonlarning ajralishini kuchaytiradi. Neyrotenzin, glukagon, somatostatin, vazopressin, gistamin va lyuteinlovchi hamda follikulostimullovchi gormonlarning ajralishini kuchay-tiradi.
Eksperimental kuzatishlar asosida o‘n ikki barmoq ichak olib tashlanganda yoki uning klinik patologiyasi ro‘y berganda modda va energiya almashinuvida buzilishlar kelib chiqqanligini asoslab berildi. Shuning uchun A.M. Ugolev o‘n ikki barmoq ichakni “qorin bo‘shlig‘ining gipofizi” deb atagan.Regulator peptidlarning bir qismi ekzogen tabiatga ega bo‘lib, oziqalardagi oqsillardan proteoliz jarayonida me'da va ichakda hosil bo‘ladi. Morfinsimon moddalar guruhi non va sut oqsil-larning gidrolizida hosil bo‘ladi. Gastrointestinal regulator peptidlar va aminlarning ajralishiga “tipik” ichki sekretsiya bezlaridan ajraluvchi gormonlarning (tireoid, steroid, oqsil-peptid) ham ta'siri bor. Yuqoridagi ikkala endokrin tizim o‘rtasida o‘zaro bog‘liqlik mavjud bo‘lib, ularning faoliyati neyroendokrin tizim tomonidan boshqariladi.
Gormon tabiatli moddalardan tashqari, hazm bezlarining sekretida qator biologik faol moddalar ham bor. Ular bevosita bezlarda sintezlanishi, qondan sorb-siyalanishi va sekretlar tarkibida ajralishi mumkin. Masalan, so‘lak tarkibidagi lizotsim antibakterial faollikka ega bo‘lib, mahalliy immunitet reaksiyalarida ishtirok etib, antitelolar, fagositlar miqdorini oshiradi, hujayralararo o‘tkazuv-chanlikni (gialuronidaza singari) kuchaytiradi, qon ivishini faollashtiradi. So‘lakdagi kallikrein endogen vazodilatator va gipotenziv moddalarning hosil bo‘lishida ishtirok etadi, mahalliy kapillarlarning o‘tkazuvchanligini oshirishda, me'da sekretsiyasini kuchaytirishida ham ishtirok etadi.
So‘lakdan antianemik xususiyatga ega oqsil ajratilgan. So‘lak fermentlari og‘iz bo‘shlig‘ining mikroflorasiga, shilliq qavat va tishlarning trofikasiga ta'sir qiladi. So‘lak va so‘lak bezlari tarkibidagi parotin oqsili, kalsiy, lipidlar, gemopoez, tog‘ay to‘qimasining proliferatsiyasini faollashtiradi, ichki a'zo hujayralarining qon bilan ta'minlanishini, gistogematik to‘siqlarning o‘tkazuvchanligini, hamda sperma-togenezni faollashtiradi. So‘lak bezlarining gipofiz, qalqonsimon, paraqalqonsimon va buyrak usti bezlari va timus bilan funksional aloqalari haqida ma'lumotlar mavjud.
Me'da ham juda ko‘p hazm bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarni bajaradi. Uning shirasi kuchli bakteriotsid xususiyatga ega, unda gemopoezda ishtirok etuvchi ichki Kasl omili (transkorrin), pro-, antikoagulantlar va fibrinolitiklar sintezlanadi. Me'dada bir qator regulator peptidlar ham hosil bo‘ladi. Me'da osti bezining sekreti ichak mikroflorasining proliferatsiyasi boshqaruvida ishtirok etadi. Me'da osti bezining surunkali yetishmovchiligi uglevod, yog‘ va oqsil almashinuvining pasa-yishiga olib keladi. Bu bezda hosil bo‘luvchi gormonlar:VIP, gastrin, enkefalin, PP, kallikrein, lipoksin va vagotonin butun organizmga ta'sir qiladi. Shuningdek, me'da osti bezi shirasining surunkali yetishmovchiligi oqsillar, yog‘lar, uglevodlar va suv-tuz almashinuvida chuqur o‘zgarishlarni keltirib chiqaradi, qon yaratish jarayon-larini va ba'zi endokrin bezlarning funksiyalarini izdan chiqaradi.Bu patologik o‘zgarishlar me'da shirasi berilganda qisman me'yorlashadi. Ichak ham turli gomeo-statik jarayonlarda ishtirok etadi. Ingichka ichakning shilliq qavati tromboplastik, antigeparin va fibrinolitik faollikka ega. Demak, hazm yo‘lining patologiyasi faqat hazm funksiyalarining buzilishlari va oziq moddalarning assimilyatsiyasini o‘zgartirmasdan, hazm bilan bog‘liq bo‘lmagan funksiyalarning holatiga ham salbiy ta'sir qiladi.
Fermentlar inkretsiyasi (endosekretsiyasi).Qonning gidrolitik faolligi va hazm fermentlarining sekretlari o‘rtasida proportsional bog‘lanish borligi aniq-langan. Me'da yoki me'da osti bezi qisman yoki to‘liq olib tashlangandan keyin qon va siydikda hazm fermentlarning faolligi keskin kamayadi. Me'da osti bezining yo‘li bog‘langanda pankreatik fermentlar ajralishi ichak bo‘shlig‘ida kamayib, siydik va qonda ortadi. Hazm bezlarda hosil bo‘luvchi fermentlar limfa va qonga interstitsial suyuqlik orqali bevosita glandulositlardan o‘tadi. Maxsus fermentni sintezlovchi sekretor hujayralar qanchalik ko‘p bo‘lsa, uning ekzosekretsiyasi shunchalik kuchli bo‘ladi. Shira tarkibidagi fermentlar miqdori qon, renal va ekstarenal suyuqliklarda fermentlarning miqdoriga ta'sir qiladi.Qonga o‘tgan fermentlar qon tomir endo-teliysi tomonidan adsorbsiyalanadi. Bu fermentlar qon va limfada oziq moddalar-ning gidrolizida ishtirok etadi. Qon fermentlari boshqaruv vazifasini ham bajaradi, ular ayrim ma'lum bir fermentlarning sekretsiyasini tormozlasa, ayrim ferment-larning sekretsiyasini kuchaytiradi.

Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish