Fiziologiya


Hazmning turlari va tiplari



Download 1,6 Mb.
bet5/38
Sana14.07.2022
Hajmi1,6 Mb.
#794637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
Fiziologiya

1.3. Hazmning turlari va tiplari
Oziq moddalarning fizik va kimyoviy o‘zgartirilishi hazm yo‘lida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Gidrolitik fermentlarning kelib chiqish mohiyatiga ko‘ra hazm uch turga bo‘linadi: xususiy, simbiont va autolitik.Xususiy hazm muayyan makroorganizmda, uning hazm bezlari (so‘lak, me'da, me'da osti bezi, jigar va ingichka ichak) epitelial hujayralarida sintezlangan fermentlar tomonidan amalga oshiriladi. Xususiy hazm jarayonida turli hazm a'zolarining sekretlari o‘z bo‘shli-g‘iga ajralib, gidrolitic jarayonini amalga oshiradi.
Simbiont hazm jarayonida oziq moddalar gidrolizi, makroorganizm hazm yo‘lidagi bakteriya va sodda hayvonlar fermentlari tomonidan amalga oshiriladi. Odamda simbiont hazm yo‘g‘on ichakda selluloza gidrolizlanganda ro‘y beradi, chunki hazm yo‘lida selluloza fermenti ishlab chiqarilmaydi va ovqatdagi kletchatka simbiontlar fermentlari ta'sirida parchalanadi. Simbiont hazm kavsh qaytaruvchi-larda yaxshi rivojlangan. Ular asosan o‘simlik mahsulotlari bilan oziqlanadi, simbiont organizmlar ularning me'dasida qiyin gidrolizlanadigan sellulozani parchalashda ishtirok etadi hamda makroorganizm tomondan oqsil oziqa sifatida o‘zlashtiriladi. Shu bilan birga, kavsh qaytaruvchilarda me'daning ko‘p kamerali bo‘lishi mikroorganizmlarning rivojlanishi uchun optimal sharoit yaratadi. Simbiont hazm qilish jarayoni natijasida ikkilamchi oziq moddalar hosil bo‘ladi va ular, birlamchi oziq moddalardan farq qilib, xususiy fermentlar hisobidan emas, balki simbiontlar ishlab chiqaruvchi fermentlar hisobidan paydo bo‘ladi. Umurtqasiz-larda, masalan, yomg‘ir chuvalchang, termit va boshqalarda, selluloza va uning hosilalari faqat simbiont hazm jarayoni tufayli tez parchalanadi.
Autolitik hazm organizmga ovqat tarkibi bilan tushuvchi ekzogen gidro-lazalar hisobiga amalga oshiriladi. “Autoliz” - o‘z-o‘zini parchalashdir. Bu tipdagi hazm xususiy hazm rivojlanmagan paytda katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Autolitik hazm homila va chaqaloqlarda yaxshi rivojlangan. Homila amnion suyuqlikni yutib, undagi oziq moddalarni mazkur suyuqlik tarkibidagi fermentlar parchalaydi. Ona suti tarkibidagi oziq moddalar, xususan, yog‘lar, uglevodlar va oqsillar shu sut tarkibidagi lipaza, proteaza va amilaza fermentlari ishtirokida parchalanadi.
Xom oziq modda (meva-sabzavotlar, don) tarkibidagi fermentlar hazm yo‘li-ga tushgandan keyin muhit o‘zgarganligi tufayli lizosomalari parchalanib, ulardan ajralayotgan fermentlar oziq moddalarning gidrolizlanishida ishtirok etadi. Bu jarayon induktsiyalangan autoliz (oziq moddalarning ovqat tarkibidagi fermentlar hisobidan parchalanish) deb nomlanadi. Yuqoridagi jarayon tufayli xom mahsulot-larni kamroq chaynash tavsiya etiladi. Chunki ularning kimyoviy parchalanishi hazm yo‘lida o‘zining fermentlari ishtirokida davom etadi.
Hazm jarayoni hujayraning ichida, devor yonida va hujayradan tashqarida turli bo‘shliqlarda ro‘y beradi. Bu jarayon parchalanmagan yoki qisman parcha-langan oziq moddalarning hujayra ichiga kirishi va bu yerdagi fermentlar tomonidan parchalanishidan iborat. Hujayra ichidagi hazmning ikki turi: 1) sitoplazmatik hujayra hazmi va 2) vakuol hujayra hazmi ajratiladi. Birinchisi membrana orqali hujayraga kirgan kichik molekulalarning sitozol fermentlari yordamida parcha-lanishini ta'minlaydi. Shu yo‘l bilan ba'zi dipeptidlar o‘zlashtiriladi. Ikkinchisi fagositoz yoki pinositoz natijasida hosil bo‘ladigan maxsus bo‘shliqlarda yuzaga keladi. Hujayra hazmining ikkinchi xilida lizosomalardagi turli gidrolitik fermentlar ishtirok etadi. Bu fermentlar endositoz tufayli hosil bo‘lgan, vakuolalar ichiga o‘tgan zarrachalarni, oziq moddalarni parchalaydi.
Hujayradan tashqaridagi hazm makroorganizm yoki simbiont organizmlar tomonidan hazm bo‘shlig‘iga ajralgan va hazm a'zolarining shilliq hujayralari apikal membranasidagi fermentlar ishtiroki tufayli yuz beradi. Bu turdagi hazm distant va kontakt hazmga bo‘linadi. Distant hazm jarayonida fermentlar hosil bo‘lgan joydan ma'lum bir masofada, hazm yo‘li bo‘shlig‘ida so‘lak bezlari, me'da, me'da osti bezi sekretsiyasi, o‘t suyuqligi, ichak shirasi fermentlari ta'sirida amalga oshiriladi. Bunday hazm bo‘shliqdagi hazm deb ham ataladi. Modda molekulasi qanchalik yirik bo‘lsa, uni parchalashdagi bo‘shliq hazmining ahamiyati shunchalik katta bo‘ladi.
Kontakt hazm yoki devor oldi hazm jarayoni shilimshiq moddada, glikokaliksda va membranadagi hazm turlariga bo‘linadi. Shilimshiq moddadagi hazm ingichka ichakni qoplovchi shilliq qavatda, glikokaliksdagi hazm mikrovor-sinkalarni qoplovchi mukopolisaxarid ipchalari - glikokaliks orasida, membrana hazmi - epiteliositlarning apikal sathidagi membranasiga birikkan fermentlar yorda-mida amalga oshiriladi. Ingichka ichakning shilliq qavati o‘zida ham bo‘shliq, ham membrana gidrolizida ishtirok etuvchi fermentlarni tutib turadi. Ko‘pincha bu sohada turli poli- va oligomerlar gidrolizlanadi. Hajmi kichikroq bo‘lgan polimer molekulalari glikokaliks to‘ridan o‘ta oladi.
Glikokaliksdagi hazm jarayonida - uning to‘rida ushlanib qolgan fermentlar hisobiga poli- va oligomer moddalarning gidrolizi amalga oshadi. Ichakning shilliq qavatidan ajralayotgan shilimshiq modda va mikrovorsinkalardagi glikokaliks epiteliositlari yuzasida fermentlarga boy bo‘lgan chiziqli hoshiyani hosil qiladi. Glikokaliks hazm jarayoni hujayralarning apikal uchida, glikokaliks bilan qoplangan mikrovorsinkalar yuzasida sodir bo‘ladi. Bunda glikokaliksga adsorbsiyalangan pankreatik fermentlar va ekstruziya (ichak vorsinkalardan ajralgan) natijasida ajralgan enteral fermentlar oziq moddalarni parchalanishda ishtirok etadi.
Membrana hazmi. Hazmning uchinchi turi bo‘lgan membrana gidrolizi, hujayradan tashqari va hujayra ichidagi hazmlari oralig‘idagi fazoni egallab, asosan oligomerlarning gidrolizini ta'minlaydi. Bo‘shliqdagi hazm ovqat biopolymer-larining parchalanishini boshlab bersa, shilliq parda tuzilmalarida va glikokaliksda adsorbsiyalangan fermentlar oraliq gidroliz mahsulotlarning parchalanishini ta'min-lasa, membranaga birikkan ichak fermentlari esa oqsil, uglevodlar va yog‘lar parchalanishini oxiriga yetkazadi.
Kraxmal, glikogen va boshqa polimerlar membranada umuman parchalan-maydi. Shu sababdan, ichak bo‘shlig‘idagi hazm jarayonlarining sustlashuvi membrana gidrolizining sekinlashuviga va oziq moddalar o‘zlashtirilishining kamayishiga olib keladi. Demak, bo‘shliqdagi hazm natijasida membrana hazmi uchun substratlar hosil bo‘ladi. Bu substratlarning membrana yuzasida monomer-larga parchalanishi va so‘rilishi, o‘z navbatida, bo‘shliq hazmining faollashuviga olib keladi. Bo‘shliqdagi gidroliz biopolimerlar molekulasidagi kimyoviy bog‘la-nishlarning atigi 20% ni, membrana gidrolizi 80% ni uzadi( Korotko G.F. 2006).
Ichak fermentlarining deyarli barchasi membranadagi gidrolizda ishtirok etadi. Uglevodlar parchalanishini γ-amilaza, maltaza, saxarasa-izomaltaza, laktaza va tregalaza, oqsillar parchalanishini aminopeptidaza, tripeptidaza va dipeptidazalar oxiriga yetkazadi. Monoglitseridlipaza va ishqoriy fosfatazalar muvofiq ravishda yog‘lar va fosfor kislotasi efirlarining parchalanishini yakunlaydi. Membranadagi hazmning tezligiga birinchi galda bo‘shliqdagi hazmning tezligi ta'sir qiladi. Bo‘shliqdagi hazmning o‘zgarishiga olib keluvchi omillar membrana hazmini ham o‘zgartiradi. Bundan tashqari, membrana gidroliziga buyrak usti bezi gormonlari, ovqatning sifati, ichak harakatlari, membrananing fermentlarni sorbsiyalash xususiyati, so‘rilish tezligi sezilarli ta'sir ko‘rsatadi.



Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish