2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1


Globallashuv hodisasi va globalistika



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Globallashuv hodisasi va globalistika. 
Bugun globallashuv jarayonining turli 
mamlakatlarda o‘tkazayotgan tasiri ham turlicha. Bu hol dunyo mamlakatlarining iqtisodiy, 
siyosiy, manaviy va boshka sohalardagi salohiyatiga bog‘liq. Dunyoda yuz berayotgan shiddatli 
jarayonlarning har bir mamlakatga o‘tkazayotgan salbiy tasirini kamaytirish va ijobiy tasirini 
kuchaytirish uchun shu hodisaning mohiyatini chuqurroq anglash, uning xususiyatlarini 
o‘rganish lozim.
Globallashuv – turli mamlakatlar iqtisodi, madaniyati, manaviyati, odamlari o‘rtasidagi 
o‘zaro tasir va bog‘liqlikning kuchayishidir. Albatta, globallashuv tushunchasiga berilgan tariflar 
juda ko‘p. Masalan, fransuz tadqiqotchisi B.Bandi globallashuv jarayonining uch belgisini 
quyidagicha keltiradi: 
18
Чумаков А.Н. Глобализация. Контуры целостного мира. М., Проспект.2005.С.259 
19
Богомолов Б.А Глобализация: некоторые подходы к осмыслению феномена. Вестн. Моск. Ун-та Сер. 12. 
Политические науки. 2004. №3. 
20
Peters, B. G., and D. J. Savoie. 1996. Governance in a Changing Envi ronment. Montreal & Kingston : McGill-
Queen's University Press. 


1) globallashuv bu – doimiy davom etuvchi tarixiy jarayon; 
2) globallashuv bu – jahonning gomogenlashuvi va universallashuvi jarayoni; 
3) globallashuv bu – milliy chegaralarning “yuvilib ketish” jarayoni
21

XX asr o‘rtalarida globallashuvning institutsionallashuvi, yani tashkillashuvi 
kuchaygandan so‘ng, bu jarayonning o‘zi ham shiddatli tus oldi. Bugungi globallashuv 
jarayonida asosiy etibor iqtisodiyot sohasiga qaratiladi. Ammo, bu jarayonning manaviyatga
madaniyatga tasiri ijtimoiy fanlarda etarlicha tadqiq etilmagan.
CHetdan o‘tkaziladigan mafkuraviy tasirga qarshi himoya choralari ko‘rishdan avval 
qanday tasirlarni maqullash lozimu, qandaylarini rad etish kerakligini aniqlab olish zarur. 
Hozirgi kunda birorta ham xalq yo‘qki, u boshqa xalqlar madaniyati va manaviyatidan to‘lik 
to‘silgan bo‘lsa. qolaversa tarix boshqa xalqlar manaviyatidan bahramand bo‘lgan xalqlar 
manaviyati yuksaklikka erishganidan guvohlik beradi. Ajdodlarimiz tarixi jahon xalqlari 
manaviyatiga hurmat bilan qarash, kerakli joylarini o‘rganib, ijodiy rivojlantirish orqaligina 
manaviyat cho‘qqisiga erishish mumkinligidan guvohlik beradi. Bizga tasir o‘tkazayotgan yoki 
tasir o‘tkazmoqchi bo‘layotgan g‘oyalarni qay birini qabul qilish va qay birini rad etish 
lozimligini aniqlash uchun jiddiy tahlil lozim. Ana shunday tahlilni o‘tkazish uchun bazan 
hafsalasizlik, baza XX asr insoniyat taraqqiyotida ko‘plab yirik o‘zgarishlar, tarkibiy siljishlar, 
buhronlar (krizislarga) asri sifatida o‘rin oldi. Insoniyat o‘z taraqqiyot yo‘lida hamkorlikda va 
hamjihatlikda hal etishi lozim bo‘lgan muammolar ko‘lami, sohalari tobora orta bormoqda. 
YAngi ming yillikda bu o‘zgarishlar yanada chuqurlashuvi va xalqaro ahamiyatga ega bo‘lib 
borishi tabiiydir.
Globallashuv o‘z mohiyati jihatidan koinotimizdagi har bir inson, har bir davlat
qolaversa jahon hamjamiyatini befarq qoldirmaydigan va uni faqatgina xamkorlikdagina hal 
etilishi lozim bo‘lgan muammolarni o‘z tarkibiga oladi.
 
Global jarayon asosiy ziddiyati 
shakllanayotgan umuminsoniy turmush tarzi bilan milliy turmush tarzlari o‘rtasidagi farq va 
tafovudlarni umumiy maxrajga olib kelishi masalalari bilan bog‘likdir. Ammo umumbashariy 
turmush tarzlarining ijobiy, asosli, barcha millatlar va elatlar qabul qilgan jihat va hislatlarini 
umumlashtirish asosida quriladi. SHu nuqtai nazardan olganda, har bir xalqning turmush tarzi 
uziga hos ijobiy hislat va xususiyatlarini saqlab qolgan holda, umuminsoniy mazmunga ega 
bo‘lib, barcha xalqlarning asosiy talablariga javob berishi kerak. 
L.E.Grininning fikricha, 
“Globallashuv mintaqalar va umuman jahonning integratsiyasi va yaqinlashuvining natijasidir”. 
U globallashuvga jarayon sifatida qaraydi va unga quyidagi tarifni beradi. “Globallashuv bu 
jarayon, uning natijasida dunyo o‘zining barcha subektlariga yanada aloqador va yana ham 
bog‘liq bo‘ladi”. 
2006 yilda “Globallashuv” tushunchasi va uning turli sohalarga o‘tkazayotgan tasirini 
aniqlashga bag‘ishlangan jahonning etakchi olimlari hamkorligida “Globalistika mejdunarodnыy 
mejdissiplinarnыy ensiklopedicheskiy slovar” tayyorlanib elon qilindi. Unda globallashuv 
tushunchasiga olimlar turlicha tarif berganlar va uning tasir doirasini aniqlashga harakat 
qilingan. Lekin ko‘rinib turibdiki, globallashuvning milliy manaviyatga o‘tkazayotgan salbiy 
tasiri etibordan chetda qoldirilmoqda. Globallashuvning boshlanish davri bo‘yicha G‘arb 
olimlari ham turli fikrlarni ilgari surib kelmoqdalar. Jumladan, R. Kobden va J. Brayt kabi 
olimlar globallashuv to‘lqinlarini mamlakatlar o‘rtasida erkin savdoning amalga oshuvi va uning 
natijasida iqtisodiyotdagi o‘sish bilan bog‘laydilar hamda uning boshlanish davrini XIX va XX 
asr bilan chegaralaydilar. Ularning fikricha, Britaniya o‘zining dengiz, industriya va moliyaviy 
qudrati bilan globallashuv to‘lqinining birinchi bosqichi kafolati bo‘lgan. Ular globallashuvning 
ikkinchi bosqichi yoki tiklanishini 1970 yillarning oxirlarida informatika va telekomunikatsiyada 
sodir bo‘lgan inqiloblar asosida boshlanganligini takidlaydilar
22
. Aslida globallashuv XX asrning 
ikkinchi yarmidan boshlab turli daraja va ko‘rinishlarda mavjud bo‘lgan. Dastlab, u stixiyali 
ravishda kechgan bo‘lsa, malum vaqtdan keyin iqtisodiyotni taraqqiy ettiruvchi omilga aylangan. 
21
Миллий истиқлол ғояси. Дарслик. Тузув.: И.Эргашев ва бошқ. -Т.: Академия, 2005. –Б.80. 
22
Отамуротов С. Глобаллашув ва миллат (сиёсий фалсафий таҳлил) -Т.: Янги аср авлоди, 2008. Б.11. 


Uning bu imkoniyatidan hamma manfaatdor bo‘lgan va bu jarayonning avj olishi XXI asrga 
kirib kelish davriga to‘g‘ri kelmoqda. 
Hozirgi kunda “globalistika” termini zamonaviy fan tilining ajralmas qismidir, ammo 
uning manosi haqida hanuz turlicha fikrlar bildirilmoqda. Bazilar bu yangi fan, u hali shakllanish 
jarayonida deb aytsalar, boshqalar ilmiy bilish integratsiyasi natijasi deb bilib, o‘ziga xos 
fanlararo tadqiqotlar sohasi, deb tan olmoqda.
23
Globallashuv jarayoni kuchayib borayotgan 
hozirgi dunyoda davlatning raqobat shartlariga tez moslashuvi uning muvaffaqiyatli va barqaror 
rivojlanishining asosiy ustunligi – talim tizimining holati bilan aniqlanadigan, shaxsni manaviy 
rivojlantirish imkoniyatlari mavjudligi bilan bog‘liq.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish