2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1


Global muammolarning turli darajalari



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Global muammolarning turli darajalari. 
Davlatning bugungi va istiqbolidagi barqaror 
iqtisodiy o‘sishini taminlovchi omillar aynan talim sohasi rivojlanishiga bevosita bog‘liq. SHu 
sababli mustaqillikning ilk yillaridanoq iqtisodiyotni tubdan isloh qilish jarayonida talim 
sohasida jahonda munosib o‘rinni egallashga qaratilgan yangi uzluksiz talim tizimini yaratish va 
rivojlantirish ustuvor vazifa sifatida belgilandi. Bu borada alohida ahamiyat kasb etadigan 
siyosiy globallashuv davlatlarning siyosiy tuzilishini, xalqlar va mintaqalar o‘rtasidagi siyosiy 
aloqalarning kengayishini, o‘zaro bog‘liqligini 
ifodalaydi va oxir-oqibat, ularning 
unifikatsiyalashuviga olib keladi. Bunda o‘ziga xos siyosiy munosabatlar ko‘lamiga ko‘ra global 
va barcha davlatlarning ichki tuzilishi bir tarmoqqa ulanib ketishi kuzatiladi. Bu jarayonda milliy 
davlatchilik suverenitetiga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan bir qancha holatlar mavjud. Ular 
qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin: Birinchidan, jahon siyosiy sahnasida transmilliy 
korporatsiyalar, nodavlat hamda xalqaro tashkilotlar, xalqaro kapital kabi yangi qudratli siyosiy 
23
Қаранг: Чумаков А.Н.Философия глобальнқх проблем. - М.: Знание, 1994. С.77-80. 


subektlar shakllanmoqda. Ular siyosatning ananaviy subekti — milliy davlatchilik 
suverenitetining ikkinchi darajaga tushib qolishiga sabab bo‘lmoqda. Ikkinchidan, globallashuv 
xalqaro huquq asoslariga sezilarli ravishda tasir etyapti. Bu esa davlatlarning o‘z hududida 
huquqiy suverenitetidan qisman ayrilishiga olib kelmoqda. Natijada milliy davlatlarning nafaqat 
tashqi, balki ichki siyosiy masalalarini mustaqil echish imkoniyatlari chegaralanmoqda. Malum 
bir davlatning ichki siyosatini tashkil etadigan muammo (ichki ixtilof, siyosiy kurash, saylov 
jarayonlari va boshqalar) bugungi kunga kelib, global ahamiyat kasb etib boshqa davlatlarning 
manfaatlariga ham daxldor bo‘lib qolmoqda. Uchinchidan, kishilar ongida davlatchilik 
suvereniteti asosini tashkil etuvchi hududiy omil globallashuv samarasi o‘laroq, o‘zining 
ananaviy ahamiyatini yo‘qotmoqda va tabiiy ravishda davlat hokimiyati mavqeiga ham putur 
etmoqda. Boshqacha aytganda, milliy chegaralar tobora shaffoflashib, "yuvilib" ketmoqda. 
To‘rtinchidan, butun dunyo bo‘ylab bir qator g‘arb davlatlari rahnamoligida 
"demokratiyalashuv" jarayoni jadallashmoqda va buning natijasida ayrim davlatlarning o‘ziga 
xos demokratik taraqqiyotiga chetdan kuchli tasir o‘tkazilyapti. YAni, bu jarayondan o‘z 
manfaatlari yo‘lida foydalanishga urinayotgan globalizm g‘oyasi asoschilari boshqa 
mamlakatlarning siyosiy boshqaruv tizimini o‘z qo‘llariga olishga urinmoqdalar. Misol uchun, 
MDHga azo bir qator davlatlarda 2005 yilda yuz bergan "inqiloblar", siyosiy globallashuv 
mahsuli bo‘lib, ushbu jarayon asoratlarining qanchalar xavfli ekanligidan darak beradi. Ushbu 
voqealar shundan dalolat beradiki, yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar boshqa davlatlarning 
suvereniteti va ichki ishlariga aralashmaslik prinsipini pardalangan shaklda buzmoqda. Bunda 
siyosiy globallashuv jarayonining yana bir mahsuli – nodavlat tashkilotlarning resurslari va 
nufuzidan tashkiliy niqob sifatida foydalanish dunyo bo‘ylab keng tarqalmoqda. Ayni shu 
manoda A.V.Buzgalin “Globallashuv siyosatga tasiri kuchli bo‘lib, havfsizlik va iqtisod sohasida 
davlatlarning bir-biriga tobeligini kuchaytirib, har birining jahon sahnasidagi ustuvor 
jihatlarining chuqur o‘zgarishiga olib keladi. Tashqi siyosiy vositalar arsenaliga boshqacha 
nuqtai nazardan qarashga majbur qilib, jahon siyosati kun tartibining tadrijiylashish jarayonining 
tezlashib ketishiga olib keladi”
24
, - deb yozadi. 
Globallashuv zamonaviy jamiyatga ko‘plab ijobiy jihatlar olib kirish bilan birga, 
insoniyat taraqqiyotidagi shunday pallani o‘zida aks ettirayotirki, endilikda dunyo xalqlari 
vujudga kelayotgan muammolarga qarshi yolg‘iz kurasha olmaydi, ularni birgalikda hal qilishi 
mumkin xolos. Bugungi kunda globallashuv o‘z tasirini o‘tkazmagan soha qolmadi. Dastlab u 
mamlakatlar iqtisodiy hayotidan boshlangan bo‘lsa, so‘ngra siyosat, axloq, milliy manaviy 
hayot, insonlarning kundalik turmush kechirishigacha bo‘lgan barcha jarayonlarni o‘z ichiga 
qamrab oladi. Globallashuv jarayoni insoniyat taraqqiyotining malum bosqichida yuzaga kelgan 
obektiv jarayon bo‘lib, u biror-bir shaxs yoki davlatning xoxish-irodasi bilan paydo bo‘lgani 
yo‘q. Lekin mana shu obektiv jarayonni insoniyatning umumfoydasiga o‘z davlatining iqtisodiy, 
siyosiy qudratini yanada yuksaltirishga, bu yo‘lda boshqa davlatlarning manfaatlari-yu kelajak 
taqdiri bilan hisoblashmaslik globallashuv jarayonini ko‘proq salbiy jarayonga aylantirib, 
insoniyatning unga bo‘lgan umid va ishonchini yo‘qqa chiqarmoqda. Boshqacha aytganda, 
bunday obektiv hodisadan ayrim davlatlar katta manfaat ko‘rayotganini, dunyo davlatlarining 
aksariyati esa hali beri bu jarayonlarning mevalaridan bahramand bo‘la olmasligini hayotning 
o‘zi ko‘rsatmoqda. Fikrimizning isboti sifatida quyidagi malumotni ko‘rsatib o‘tamiz. Fransuz 
tadqiqotchisi T.Fabrning malumotlariga ko‘ra, XX asrning oxirida 20 % eng boy davlatlarning 
ulushiga jahon miqyosida ishlab chiqarilayotgan yalpi ichki mahsulotning 86, eksportning 82, 
invetsiyalarning 68 % to‘g‘ri kelgan bo‘lsa, 20 % eng qashshoq mamlakatlarda har uch 
ko‘rsatkich bir foizdan to‘g‘ri kelgan. BMTning malumotlariga qaraganda, sayyoramizdagi eng 
boy uch kishining sarmoyasi qariyb 600 million kishi istiqomat qilayotgan 48 eng qashshoq 
mamlakatlar 
yalpi 
mahsulotidan 
ham 
ko‘proq 
ekani 
dunyo 
jamoatchiligining 
tashvishlantirmasligi mumkin emas. Bunday ayanchli vaziyatni o‘nglash, turli mamlakatlarning 
iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy hamda madaniy aloqalarning adolat tamoyillari asosida qaror topishi 
24
Қаранг: Бузгалин А.В. Альтерглобализм: к теории феномена// Наука. Общество.Человек. - М., 2004. 


ko‘p jihatdan “katta ettilik” yani eng rivojlangan mamlakatlar yuritilayotgan siyosatigi bog‘liq. 
Qolaversa, ayrim rivojlangan davlatlarning kichik davlatlarga madaniy ekspansiyasi oqibatida 
chet eldan kirib kelayotgan ommaviy madaniyat tasiri bazi mamlakatlarda asriy madaniyat 
asoslari yo‘q bo‘lib ketayotganini ayrim tadqiqotchilar “madaniy CHernobl” deb 
baholayotganlari ham bejiz emas. Bu esa har doim ham o‘zini globallashuv jarayoning teng 
huquqli hamkor deb emas, balki o‘z qudrati, iqtisodiy imkoniyatlarini yanada oshirish uchun 
xom ashyo manbai sifatida qaralayotganligini ham ko‘rsatib qo‘ymoqda.
Internet – inson tafakkuri, aqli va bilimi qudratining mahsuli bo‘lib, bugungi kunda butun 
dunyoni qamrab olgan global kompyuter tarmog‘idir. Internet tarmog‘ining tezkorligi, arzon 
keng qamrovli aloqa, hamkorlik ishlardagi qulaylik, hammaning ishlashi uchun imkon beruvchi 
dastur hamda malumotlarning noyob bazasi ekanligi o‘ziga tortmoqda. Global tarmoq 
afzalliklarini inkor etmagan holda, uning yoshlar manaviyatiga tasiri, xavf-xatarlarini ham 
etiborga olmoq darkor. Jahonning bir necha mamlakatida uyushgan terrorchi guruhlar va 
tashkilotlarning saytlari mavjud bo‘lib, ular orqali yoshlarning ongiga, turmush tarziga to‘g‘ri 
kelmaydigan yot g‘oyalar targ‘ib qilinmoqda. SHuningdek, pornografik mazmunga ega bo‘lgan 
sahifalar yosh avlodning tarbiyasiga, xulq-odobiga zarar etkazmoqda. Bugungi kunda yoshlar 
internetga asosan yangiliklarni izlash, yangi do‘stlar orttirish va muloqot qilish, musiqa ko‘chirib 
olish, o‘zlariga kerakli malumotni olish uchun kiradilar. YOshlar internetdan umummilliy 
manfaatga xizmat qiladigan va uning taraqqiyotiga yordam beradigan axborotlarni tanlab tahlil 
qilib foydalansalar, ularning manaviyat va tafakkuri o‘sib, axborot istemoli madaniyatga ega 
yoshlar salbiy va noxolis tasirga tushib qolmaydilar.
Globallashuv natijasida migratsiya jarayonlarining faollashayotganligi ham sezilmoqda. 
Bu jarayon keltirib chiqarayotgan ayrim salbiy oqibatlar jumladan, transmilliy jinoyatlar (xalqaro 
terrorizm, diniy ekstremizm, xalqaro narkobiznes, odam savdosi va boshqalar) ning ko‘payishi 
kuzatilmoqda. Xalqaro globallashuv insoniyat, mamlakat hayotining borgan sari yangi-yangi 
sohalarni egallab, uning natijasida hozirgi davrga qadar bo‘lgan xalqaro tartibot, madaniyatlar, 
qadriyatlar yangi mano va mazmun bilan to‘lib bormoqda. Ayniqsa, inson qadriga ham o‘z 
tasirini kuchli o‘tkazmoqda. Noqonuniy migratsiya oqibati sifatida mavjud bo‘layotgan “odam 
savdosi”dek holat dunyo jamoatchiligini tashvishga solmoqda.
Jahon amaliyoti ko‘rsatib turganidek, xalqaro globallashuv o‘tish davrida turgan 
davlatlardagi demokratiyalashuv jarayonlariga birdek ijobiy tasir ko‘rsatmayapti. Aksincha, 
globallashuv ayrim jamiyatlarda demokratiyalashuv jarayonlirini murakkablashtirmoqda. 
Bundan tashqari, har bir jamiyat amaliyotidagi demokratiyalashuv jarayonlariga tasir qiluvchi 
tashqi omillar soni ham tobora ortayapti. Demokratiyalashuv jarayonlarining milliy mamlakat 
doirasidagi barqarorligi ichki omillar bilan bir qatorda tashqi omillarga ham bog‘liq bo‘lib, 
ko‘pgina mamlakatlarda kuzatilganidek, jamiyat azolarining masullik hissi pasaymoqda. CHunki 
globallashuv tufayli ro‘y beruvchi o‘ta kuchli integratsiya jarayonlari: iqtisodiy hamda axborot 
almashish sohlalardagi chuqur integratsiyalashuv malum darajada va obektiv ravishda milliy 
davlatlar rolini chegaralab qo‘yadi. Buni integratsiyalashuv natijasida vujudga keluvchi xalqaro 
tashkilotlarning bazi hollarda milliy davlatlar taraqqiyotining yo‘nalishlariga tasir o‘tkazishga 
harakat qilayotganliklaridan ko‘rish mumkin. Qadriyatlar tizimiga globallashuvning tasir etish 
muammosiga nazar soladigan bo‘lsak, bunga asosiy sabab, jadal o‘zgarib borayotgan fan va 
texnologiya, sanat, axloq, turmush tarzi ekanligini sezamiz. Bunday o‘zgarishlar kishilarning 
qulaylikka, moda va zamonaviylikka intilishida, uning oqibatida esa kundalik turmush tarzining 
transformatsiyasida yaqqol ko‘zga tashlanadi. Ko‘plab tadqiqotchilarning fikriga ko‘ra, 
globallashuv jarayonlari tufayli kelib chiqayotgan muammolar ko‘pchiligi rivojlangan 
mamlakatlardagi manfaatli intilishlar bilan bog‘liq. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish