2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Metafizika.
Falsafaning yana bir muhim klassik metodi metafizikadir. Dastlab 
«metafizika» atamasining ma’nosi inson aqli orqali egallanishi mumkin bo‘lgan barcha 
bilimlardan yuqori turuvchi murakkab bilim ma’nosini bergan. Eramizdan avvalgi birinchi asrda 
Rodoslik
Andronnik
Aristotel qo‘lyozmalarini sistemalashtirib, uning fizika to‘g‘risidagi 
traktatlari guruhidan keyin uning bir kator boshqa mavzudagi asarlarini tizimlashtiradi. Bularni 
Arastuning o‘zi «
ilk falsafa
» deb atagan edi. Bu borliq va bilishning dastlabki oliy prinsiplarini 
aqliy bilish to‘g‘risidagi asarlar edi. Mana shularni Andronnik «
metafizika
» deb ataydi (yunon 
tilidagi aynan ma’nosi: fizikadan keyin keladigan narsa). SHu an’anaga binoan keyingi 
zamonlarda ijod qilgan tadqiqotchilar ham 
«metafizika»
deganda 
borliq va bilishning oliy 
asoslari to‘g‘risidagi falsafiy tadqiqotlarni
tushunganlar. Metafizikani ana shunday tushunishni 
YAngi zamon falsafasiga qadar uchratamiz. 
XVIII asr oxiri, ya’ni ma’rifatparvarlik davrida metafizika dunyo haqidagi tasavvurlarning 
sistemalashgan ko‘rinishi sifatida emas, bilishning alohida shakli sifatida tushunila boshlandi. 
1
Қаранг: Материалисты Древней Греции. М., 1955, 49-б. 


Mutafakkirlar olam tabiatini tasvirlar ekanlar, barcha savollarga tugal javob berishga, dunyoni 
to‘la-to‘kis izohlangan deb ko‘rsatishga intilganlar. Boshqacha qilib aytganda, modomiki dunyo 
haqida muayyan qarash to‘g‘ri ekan, bu faqat bugungi dunyoni emas, balki tubdan o‘zgarmasligi 
kerak bo‘lgan kelgusidagi dunyoni ham tasvirlab beradi deb o‘ylashgan. Agar bilish metodi 
ob’ektni
qandaydir 
qotib qolgan, rivojlanmaydigan narsa
sifatida tadqiq etsagina bunday fikr 
yuritish mumkin bo‘ladi. SHu tariqa metafizika bilish metodi sifatida shakllandi. 
Metafizika metodini birinchi bo‘lib I.Kant tanqid qildi. Inson bilimi, Kantning fikricha, 
faqat unga sezgi va idrokda berilgan tajribanigina izohlay oladi. Metafizika tushunchasini 
yangicha izohlash ham Kantdan boshlanadi. U o‘z falsafasini 
tanqidiy metafizika
deb ataydi va 
bilishning chegaralari to‘g‘risidagi barcha oldingi falsafiy bilimlarni tanqidiy nuqtai-nazardan 
qarab chiqadi. Kant ta’limotida butun falsafa «tanqidiy falsafaga» (ya’ni, uning falsafasiga) va 
«notanqidiy», dogmatik falsafaga (metafizikaga) bo‘linadi. Gegel ta’limotidan boshlab falsafiy 
bilish metodini ikki qarama-qarshi metodga – metafizik va dialektik metodlarga ajratish 
boshlanadi.
Metafizik, dogmatik tafakkur
, bu – insonni qurshab turgan dunyoning va inson 
tafakkurining biron bir tomoni, qirrasi, xossasini absolyutlashtirishdir. Bunday fikrlash 
hodisalarning o‘zaro aloqalari va ta’sirini kam hisobga oladi, unga predmetlarning ayrim 
elementlari va xossalarini farqlantirish va qayd etishni absolyutlashtirish xosdir. Metafizik 
tafakkur aloqalar, o‘zaro ta’sirlar va o‘tishlarni nazardan qochirib, o‘zini dunyoning barcha turli-
tuman tomonlari, boyligi va birligini ochib berish imkonidan mahrum etadi. Agar dialektika 
aloqalar haqidagi ta’limot sifatida namoyon bo‘lsa, metafizika ularni inkor etishga intiladi.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish