2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

«oral history»-«og‘zaki tarix»
metodidir. Bu xalq og‘zidan eshitilgan
sistemalashtirilgan, lekin tarixiy xujjatlarda o‘z ifodasini ba’zi siyosiy vaziyatlar sabab topa 
olmagan materiallardan foydalanish uslubi. Xususan, XIX asr oxiri, XX asr boshlarida 
O‘zbekistonda sodir bo‘lgan ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarda, “ocharchilik”, “qatog‘on”, 
“paxta ishi” kabi siyosiy o‘yinlarda tarixiy haqiqatning ob’ektiv dinamikasini aniqlashda 
mazkur metod - «og‘zaki tarix»ga murojaat qilingan. Mazkur metod haqidagi g‘oya birinchi 
bo‘lib Italiyada 1979 yili «Og‘zaki tarix uslubining spetsifik xususiyatlari» maqolasida paydo 
bo‘ldi
6
. Ushbu metodning G‘arbiy Evropa zamonaviy ijtimoiy-gumanitar fanlariga kirib kelishi 
XX asrning 90-yillariga to‘g‘ri keladi
7
. «Og‘zaki tarix» metodi asosida bo‘lib o‘tgan voqea 
hodisalarni o‘z ko‘zi bilan ko‘rib, boshidan o‘tkazgan respondentlar bilan suhbatlar olib borish, 
bu kabi suhbatdoshlarning bir nechtasining hikoyalaridagi faktlarni tarixiy manbalar bilan 
solishtirish, tarixdagi oq dog‘lar yoki buzib ko‘rsatilgan voqea-hodisalarni informatorlarning 
ma’lumotlaridan aniqlashtirishdan iborat.
Og‘zaki tarix uslubi etnografiya, tarix, sotsiologiya, mantiq, psixologiya kabi fan 
yo‘nalishlarining ilg‘or metodlarini o‘z tizimida birlashtirib, o‘zbek xalqi tarixida qaytadan 
jiddiy o‘rganilishi lozim bo‘lgan masalalarga gumanitar fanlarning integratsion yondashuvini 
taqozo qilib qo‘ydi.
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyusiyasi. SHakllanish, o‘zgarish 
va rivojlanish tushunchalari. 
Asrlar mobaynida insoniyat ongida o‘zgarish, rivojlanish, taraqqiyot yoki turg‘unlik kabi 
jarayonlar tushuncha sifatida shakllanib kelgandir. Dastlab bu g‘oya bir hodisaning vujudga 
kelishi va boshqasiga aylanishi, shakllanishi haqidagi tasavvur ko‘rinishida uyg‘ongan. Insonlar 
ongida tarixiy jarayonda hosil bo‘lgan madaniy taraqqiyot, sivilizatsion o‘zgarishlar, jamiyat 
rivojlanish xususiyatlari, urush va tinchlik omillarining insonlar turmush tarziga ta’siridan 
olingan tasavvur va tajribalar bu tushunchalar haqidagi bilimlarni boyitdi. Masalan, qadimgi 
yunonlar dunyoda hamma narsa takrorlanadi va aylanib-aylanib ma’lum muddat o‘tgach 
«o‘zining dastlabki doirasiga» qaytib keladi, deb hisoblashgan. Dunyo mangu va yaratilmagan, u 
muayyan siklda takrorlanuvchan xilqatdir. Geraklit: «Dunyo yagonadir va u na biror odam, na 
biror xudo tomonidan yaratilmagan, u bo‘lgan, bor, bo‘ladi va u mangu alangalanib va so‘nib 
turuvchi olovdan iboratdir»- deb xitob qilgan edi. Antik falsafaning aksariyat vakillari borliqning 
doimiy ravishda harakat, o‘zgarish va rivojlanishda bo‘lish g‘oyasini talqin qiluvchi ta’limotlar 
yaratdilar.
Sharq falsafasida ham zardushtiylikning abadiylik va cheksizlikni targ‘ib qiluvchi dualistik 
ta’limoti borliqning atributi bo‘lmish abadiy va to‘xtovsiz harakat g‘oyasini targ‘ib qiladi. 
Hindiston va Yaqin Sharq, Markaziy Osiyoning qadimgi an’analarini davom ettirgan Ilk o‘rta asr 
Sharq falsafasi Islom teologiyasiga borliqning makon, zamon va harakatda abadiyligi va 
4
William A.Haviland. Cultural antropologi. - Vermont: Universiti of Vermont.1999. 514 p. 
5
Садохин А.П. Этнология.Учебник. – М.: Гардарика, 2000.- С.19. Қаранг бу иқтибос қуйидаги манбадан 
олинди: .Аширов А.А. Замонавий ўзбек этнологияси: ютуқлар, муаммолар ва ривожланиш истиқболлари. // 
Марказий Осиёда анъанавий ва замонавий этномаданий жараёнлар. «Карим Шониёзов ўқишлари» 
туркумидан халқаро илмий анжуман материаллари. – Тошкент: 2005. 1-қисм.
6
Sulla specificita della storia orale // Prima Maggio. Milano, Italy, 13. 1979, s54-60. 
7
On the peculiarities of oral history // History Workshop Journal. Oxford, England. #12, Spring, 1981, 96-107. 


cheksizligi g‘oyasini olib kirdi. Bu fikrlar rivojlanishini o‘tmishdan kelajakka qarab yo‘nalgan 
jarayon sifatida tushunishga turtki bergan muhim g‘oyalardir.
Rivojlanish jarayonining zamirida harakat va o‘zgarish yotadi. Harakat – bu ham bir 
o‘zgarishdir. Agar harakatni umuman o‘zgarish, ya’ni har qanday o‘zgarish ma’nosida 
tushunsak, rivojlanish alohida shakldagi o‘zgarishdir. Rivojlanish jarayonida ob’ektni tashkil 
etuvchi barcha elementlar o‘zgarishga uchraydi. Lekin, bu elementlar bir-biriga asoslangan va 
bir-biriga aloqador holda, kompleks va yahlit holda o‘zgaradi.
Rivojlanayotgan sistema kompleks va yaxlit o‘zgarishi natijasida bir miqdoriy va sifatiy 
holatdan boshqa o‘zgargan miqdoriy va sifatiy holatga o‘tadi. SHu tariqa o‘zgarish sistemaning 
yaxlit o‘zgarib ketishiga (boshqa sistemaga aylanishiga) sababchi bo‘ladi, ya’ni rivojlanish – bu 
holatlarning aylanib turishidir. Agar biz bu jarayonni vaqtning o‘tishi nuqtai nazaridan izohlasak, 
quyidagi fikrga kelamiz: hozirgi zamon o‘tgan zamonning aylangan holati va kelgusi zamonning 
aylanadigan holati, kelajak esa hali aylanishga ulgurmagan hozirgi zamondir. Bundan, siklik 
aylangan holat rivojlanishning natijasidir, degan xulosa kelib chiqadi. Sistemaning aylanishi 
o‘zining yo‘nalishiga egadir. Sistema paydo bo‘lishda, yangilanishda, gullab-yashnashda, ravnaq 
topishda, qarish-chirishda va halokat holatida bo‘lishi mumkin. Bularning hammasi aylanish 
oqibatida sodir bo‘ladi. Aylanishlar sistema tashkiliy holatini murakkablashtirishi, yoki aksincha 
soddalashtirishi mumkin. Shunga qarab sistema ravnaq sari, yoki inqiroz sari yo‘naladi. Bu esa, 
rivojlanish – yo‘nalishga ega bo‘lgan o‘zgarishdir, degan xulosani beradi. 
Dunyoda absolyut izolyasiyalangan, alohida ajratilgan, absolyut yopiq sistemaning o‘zi 
bo‘lishi mumkin emasligidan rivojlanayotgan sistema, u bilan yonma-yon yashayotgan boshqa 
qo‘shni sistemalar bilan o‘zaro aloqadorlikka kirishadi, buning oqibatida u ichki va tashqi 
o‘zgarishlarga uchraydi. Bu o‘zgarishlar mazkur sistemaning erkinlik darajasining (ichki va 
tashqi aloqalarning) kuchayishiga (progressiv rivojlanishda) yoki susayishiga (regressiv 
rivojlanishda) olib boradi. Bunday ichki va tashqi aloqadorliklar oqibatida rivojlanayotgan 
sistema har tomonlama o‘zgarishga uchraydi. Bunday xilma-xil o‘zgarishlar esa orqaga 
qaytmaslik xususiyatiga egadir. Bundan, rivojlanish – orqaga qaytmas jarayonlar, degan xulosa 
kelib chiqadi. Rivojlanish jarayonida sistemadagi o‘zgarishlarning bunday xususiyatlardan kelib 
chiqib rivojlanishga quyidagicha ta’rif berish mumkin: 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish