2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Sinergetika.
Falsafaning zamonaviy metodlaridan biri sinergetik metoddir. Sinergetika 
o‘z-o‘zidan tashkil topish mexanizmlari va qonuniyatlarini taraqqiyot jarayonining universal 
komponenti sifatida o‘rganadi. Bu universallik o‘z-o‘zidan tashkil topish nazariyasi uchun shu 
qadar muhimki, sinergetika tadqiqotchilaridan biri G.Xaken bu fanning asosiy masalasini u bilan 
bog‘laydi. «Nima uchun, - deb yozadi u,- o‘z tabiatiga ko‘ra turli komponentlardan – elektronlar, 
atomlar, molekulalar, fotonlar, xujayralar, hayvonlar yoki xatto odamlardan iborat bo‘lgan 
tizimlar o‘z-o‘zidan tashkil topganda, ayni bir tamoyilga bo‘ysunib, suyuqlikdagi tuzilmalar
elektr tebranishlari, hayvonlar populyasiyalari yoki ijtimoiy guruhlarni tashkil etishi kerak?».
1
 
O‘z-o‘zidan tashkil topish hodisalarining bu qadar keng ko‘lami sinergetikada postulat 
qilib olinmaydi. U mutaxassislarning turli tuman bilim sohalarida tabiiy va ijtimoiy 
jarayonlarning umumiy determinantlarini kashf etishi natijasidir. SHu tufayli sinergetika alohida 
fan g‘oyalarining yig‘indisi sifatida emas, balki fizik, ximik, biolog va matematik o‘z materialini 
ko‘radigan umumiy qarashlar tizimi sifatida va, aksincha, bulardan har biri, o‘z fani metodini 
qo‘llab, sinergetikaning rivojlanishiga biron bir tarzda hissa qo‘shadi. «Men yangi fanni 
«sinergetika» deb atadim, bunga sabab, - deb yozadi G. Xaken,-unda tizimlarning ko‘pgina 
elementlarining birgalikdagi harakati tadqiq etilishigina emas, balki o‘z-o‘zidan tashkil topishni 
boshqaruvchi 
umumiy 
prinsiplarni 
topish uchun ko‘pgina turli-tuman fanlarning 
kooperatsiyalashuvi zarurligidir».
2
Sinergetika bu turli tabiatli tuzilmalarning o‘z-o‘zidan tashkil topish, barqarorlik, 
parchalanish va qayta paydo bo‘lish jarayonlarini tadqiq etuvchi nazariyadir
.
Sinergetika dialektikaning quyidagi g‘oyasini tasdiqlaydi – har bir ob’ekt olamdagi 
hodisalarning umumiy bog‘langanligi oqibatida uni qurshab turgan xilma-xil jarayonlar bilan 
uzviy bog‘langan bo‘lib, ayni vaqtda turli qism sistemalardan tarkib topadi. Ob’ektning xar bir 
tarkibiy qismi boshqa tarkibiy qismlar va tashqi dunyo bilan o‘zaro bog‘lanishda mavjud bo‘ladi. 
SHu sababli xar bir tarkibiy qism o‘ziga xos individual aloqalar tizimiga ega bo‘ladi, demak u 
o‘ziga xos harakatga va ichki harakatga ega bo‘ladi va oqibatda ob’ektning ichki o‘z-o‘zidan 
differensiatsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi. Ayni vaqtda bir butun ob’ekt uning bir 
butunligi saqlanishi mobaynida o‘z qismlariga ta’sir o‘tkazadi, shu sababli ob’ektning ichki o‘z-
o‘zidan integratsiyalanuvi tendensiyasi paydo bo‘ladi.
1
Г.Хакен. Синергетика, М., 1980. 31 бет. 
2
Ўша жойда, 15-бет.


Sinergetika taraqqiyot konsepsiyasini chuqurroq ifoda etishga imkon beradi. I.Prigojin 
ta’kidlashicha: «ham klassik, ham kvant mexanikada agar qaysidir bir vaqtda sistemaning
holati etarli aniqlikda ma’lum bo‘lgan bo‘lsa, unda kelajakni juda bo‘lmaganda prinsipda 
oldindan aytish mumkin edi. Buning ustiga bunday turdagi nazariy sxema ko‘rsatdiki, 
qaysidir bir ma’noda «hozir» o‘zida o‘tmish va kelajakni saqlaydi. Ko‘rib turganimizdek, 
haqiqatda unday emas. Kelajak o‘tmishning tarkibiy qismiga kirmaydi. Hatto fizikada huddi 
sotsiologiyadagidek atigi xilma-xil mumkin bo‘lgan «ssenariylar»nigina oldindan aytish 
mumkin»
2

 
Sinergetika taraqqiyotning qator fundamental o‘ziga xosliklarini ochib berishga imkon 
beradi. Taraqqiyot jarayonida tizimning umumiy muhitida tebranishlar hosil bo‘lishi, ya’ni 
tizim muhitini yangi tashqi ta’sir vujudga keltirayotgan yangi tarkibi sifat jihatdan sakrash 
nuqtasiga yaqin bosqichda hal qiluvchi hisoblanadi. Bu jarayon fluktatsion jarayon deb 
ataladi. Bu bifurkatsiya nuqtasini, ya’ni taraqqiyotning bundan keyingi yo‘nalishining aniq bir 
variantining ko‘pdan ko‘p mumkin bo‘lgan variantlardagi «tanlovi» ni hosil qiladi. 
Taraqqiyot jarayoni kogerentlik, turbulentlik, dinamik tartibsizlik, dissipativ va avtoto‘lqinli 
strukturalar dinamikasi, kengmasshtabli spontan fluktuatsiyalar kabi bungacha taraqqiyot 
konsepsiyasi qamrab ololmagan ko‘pgina boshqa fenomenlarni o‘z ichiga oladi
3
. Rivojlanish 
va taraqqiyot jarayonida bifurkatsiya nuqtalari orasida deterministik qonunlar, bifurkatsiya 
nuqtalarida esa ehtimoliy qonunlar ustunlik qiladi. Bu murakkab jarayon yangilanish 
elementlari orqali yangi o‘zaro bog‘liqlikda bo‘lgan mikro va makro darajadagi tizimlarni 
hosil qiladi.
 
Xulosa qilib aytganda sinergetika dunyoga yangicha qarash usuli va bir vaqtning o‘zida 
falsafa fani metodi bo‘lib, fanlardagi yangiliklarni umumlashtirish, o‘z-o‘zini tashkil qilish, 
chiziqsiz tafakkur asosida evolyusion jarayonni tashkil qiluvchi fanlararo ilmiy tadqiqot usuli 
sifatida asrimizning 70-yillarida paydo bo‘ldi. Sinergetika yangi ta’limot sifatida o‘z-o‘zini 
boshqarishning umumiy qonunlari va tamoyillarini o‘rganishni asosida noorganik va organik 
tabiatda o‘zaro aloqadorlikda o‘z-o‘zini shakllantirish orqali tashkil topish mavjudligini isbot 
qilib berdi. Materiyaga tashqi ta’sir natijasida o‘zgaruvchi inert ob’ekt deb emas, balki o‘z-
o‘zini tashkil qila oladigan ob’ekt deb qaraladigan bo‘ldi. Bu ma’lumotlar statik va jonli 
materiya tushunchalarini ajratib turgan oraliqni ancha kamaytirdi. Agar o‘z-o‘zini tashkil 
etuvchi tizimlarning xossalari va vujudga kelishi sharoitlari bilan, biologik evolyusiyaning 
eng muhim jihatlarini bir-biriga taqqoslab ko‘rilsa, ikki holda ham o‘zgarishlar ayni bir xil 
qonunlarga bo‘ysunadi va o‘xshash tendensiyani namoyon qiladi, degan xulosaga kelish 
mumkin. 
 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish