2-mavzu. Falsafaning metod, qonun va kategoriyalari. Jamiyat falsafasi. Reja: 1



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/39
Sana01.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#722226
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
2 - mavzu boyicha maruza matni

Falsafa metodlari. 
Falsafaning asosiy metodologik quroli 
nazariy tafakkur
dir. Tabiiy 
fanlarda bo‘lgani kabi falsafada tajriba, eksperiment yoki boshqa bir aniq fan metodlari mavjud 
emas. Lekin falsafa boshqa barcha fan tizimlarida ro‘y berayotgan o‘zgarishlar, taraqqiyot 
xususiyati, kashfiyotlar, vujudga kelayotgan qonuniyatlarni umumiy tahlil, analiz va sintezi 
asosida o‘zining xulosalarini beradi. SHuning uchun falsafada oddiy kuzatuv va mushohada 
usulidan sinergetik metodgacha oddiy tizimlardan murakkab tizimlargacha bo‘lgan borliq 
sifatidagi mavjudlikning makon, zamon, harakatdagi jarayoni qonuniyati o‘rganiladi.
Dialektika. 
Falsafaning asosiy ilmiy metodlaridan biri dialektik metoddir. Dastlab 
dialektika so‘zi ma’nosi suhbat yoki dialog yuritish san’ati, usuli sifatida qo‘llanilib, yunon 
tilida «suhbatlashuv san’ati», «bahslashuv san’ati» degan ma’noni bildirgan. Turli nuqtai-
nazarlarni izohlash, o‘z fikri to‘g‘riligini isbotlash mahorati 
Suqrot
va 
Aflotun
da yaqqol 
namoyon bo‘lgan. Ularning ta’kidlashicha, haqiqatning qandaydir yangi narsa, ya’ni bahsning 
boshlanishida bo‘lmagan, lekin muhokama jarayonida paydo bo‘lgan narsa sifatida tug‘ilishiga 
muloqot yordam beradi. Shu tariqa tafakkurning ijodiy asosi shakllanadi. 
 


Dialektika elementlari Qadimgi Hindiston va Xitoy falsafasida ham mavjud bo‘lgan. 
Masalan, daosizm falsafasiga ko‘ra, dunyoda hech narsa doimiy emas. Falsafa tarixida 
Qadimgi yunon dialektikasini alohida aytib o‘tmoq zarur. Geraklitning fikricha, hamma narsa 
mavjud va ayni vaqtda mavjud emas: hamma narsa o‘tkinchi, doimo paydo bo‘lish va yo‘q 
bo‘lish jarayonida bo‘ladi. Masalan, uning fragmentlaridan birida bunday deyiladi: «Bizdagi 
ayni bir narsa – jonli va jonsiz, uyg‘oq va uxloq, yosh va qari. Axir, bu o‘zgargan o‘shadir va 
aksincha, o‘sha o‘zgargan budir»
1
. Dialektik qarashlar Arastuda uning modda bilan shakl
o‘rtasidagi nisbatni ularning bir-biriga o‘tish imkoniyati va sharoiti sifatida qilgan tahlilida 
mavjuddir. Har bir narsa boshqa narsaga: marmar haykalga, daraxt stolga aylanishi mumkin va 
hakozo. 
Hozirgi zamon falsafasida dialektika falsafiy bilimning muhim elementi sifatida 
mavjuddir. Falsafada dialektika g‘oyalarini ishlab chiqishda 
ekzistensional
dialektika
va 
messianlik dialektikasi
kabi bir qator yo‘nalishlarni ko‘rsatish mumkin. Eksistensial dialektika 
inson «Men»ining rivojlanish qonuniyatini tushunishga urinadi. Messianlik dialektikasi o‘z 
ta’limotiga praktika tushunchasini asos qilib oladi va butun dunyoga sotsiologiya kategoriyalari 
nuqtai-nazaridan qaraydi. XX asr dialektik falsafasining ma’lum yo‘nalishlaridan biri mashhur 
Frankfurt maktabining namoyondalaridan biri T.Adornoning negativ dialektikasidir. Bu 
maktabning asosiy g‘oyasiga ko‘ra, rivojlanish buzishdir, hammani va hamma narsani inkor 
etishdir. T.Adornoning «
negativ dialektikasi
»ga ko‘ra, qarama-qarshiliklar kurashi, miqdorning 
sifatga o‘tishi, turli tizimlarning o‘sishi va murakkablashuviga emas, balki aksincha, uning 
parchalanishiga, o‘lishiga yo‘nalgan. Adorno ijtimoiy tizimlarning rivojlanishiga diqqatni jalb 
qiladi va rivojlanishning asosi regressiv ijtimoiy o‘zgarishlardir (refleksiyaning o‘lishi, uning 
stereotip reaksiyalar, fikrlash shablonlari bilan almashinishi va hakozolardir), deb biladi. 
Jamiyatda bu ommaviy madaniyatning rivojlanishi va yoyilishi, insoniy munosabatlarning 
standartlashuvi, o‘ziga xosliklarning yo‘qotilishi orqali ifodalanadi. «Negativ dialektika»da inkor 
har qanday tushunchalar tizimidan voz kechish, qandaydir pozitiv model bo‘lmagan utopiyaning 
konkret imkoniyatlarini deb har qanday dialektiklikni inkor etish sifatida ko‘rinadi.
Dialektika sohasida fransuz faylasufi G.Bashlyarning 
neoratsionalizmi
vujudga keldi. U 
bilish jarayonida ratsionalizm bilan empirizmning doimiy (dialektik) o‘zaro ta’sirini ko‘rdi. 
Bashlyar 
noklassik fan
tushunchasini kiritdi. Unga xos narsa, qandaydir uzil-kesil haqiqatlardan 
voz kechish, ochiqlik (eksperimental raddiyaga tayyorlik), yangi empirik ma’lumotlarni 
tushunarli umumlashtirishga sintezlashtiruvchi layoqat, bilimning turli shakllari, tuzilmalari va 
sohalari o‘rtasidagi yangi aloqalarni topishdir. Aloqalarni, jumladan qarama-qarshiliklar birligini 
anglash, bu dialektikaga xos anglashdir. D
ialektika – bu dunyoni shunday tushunishki, va uni 
ongli ravishda o‘rganishning shunday usuliki, bunda turli hodisalar, ularning turli-tuman 
aloqalari, qarama-qarshi kuchlarning o‘zaro ta’siri, o‘zgarish va rivojlanish jarayoni bilan 
birlikda qarab chiqiladi
.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish